O'zaro hamkorligimiz bardavomligidan hamisha manfaatdormiz

So'z - Milliy maslahatlashuv ishtirokchilariga

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga bag'ishlangan Milliy maslahatlashuvda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi sifatida  so'zga chiqayotganimdan xursandman.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili nima uchun Milliy maslahatlashuvda qatnashmoqda va ushbu tadbirni qo'llab-quvvatlamoqda deb so'rashingiz mumkin.

Bu - katta ahamiyatga ega mavzu. Bu - katta ahamiyatga ega tadbir. Bu - katta ahamiyatga ega tarixiy tadbirdir.

O'z navbatida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining institutlari Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan ijobiy hamkorlik tarixiga ega. Biz birgalikda ko'pgina samarali ishlarni amalga oshirdik.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majburiyatlarini bajarish hamda O'zbekistonning Harakatlar strategiyasida belgilangan islohotlarni amalga oshirish borasida ko'p ishlar qildik.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo'nalishlar bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majburiyatlari o'zaro uzviy bog'liq.

So'nggi to'rt yil ichida O'zbekistonda amalga oshirilgan ajoyib taraqqiyotni o'z ko'zim bilan ko'rdim.

Bugun Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi o'rtasida hamkorlik shartnomasini imzolaymiz.

Bu hujjatning imzolanishi - biz O'zbekiston taraqqiyoti uchun zimmamizga olgan majburiyatlarni bajarishda davom etishimizning yana bir  tasdig'idir.

Bu hujjatning imzolanishi - birgalikda ishlashimizning tasdig'idir.

Bu hujjatning imzolanishi - Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majburiyatlari ustida ishlashimizning tasdig'idir.

Bu hujjatning imzolanishi - O'zbekiston xalqi uchun ishlashimizning tasdig'idir.

Bugungi tarixiy kunda ushbu tadbir ishtirokchilari orasida bo'lish men uchun sharafdir.

O'zbekistonning eng yaxshi amaliyotlar almashinuvi borasidagi yetakchiligi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining boshqa a'zo mamlakatlari uchun namuna qilib ko'rsatishga munosibdir.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi o'zaro hamkorligimiz bardavomligidan hamisha manfaatdordir.

Jon MakGregor,
YeXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi, Elchi

 

Ma'lumot uchun: 2020 yil 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishi bo'yicha Milliy maslahatlashuv bo'lib o'tdi. Ushbu onlayn tadbir Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi,  "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va YeXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ushbu maqola YeXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi elchi Jon MakGregorning Milliy maslahatlashuvda so'zlagan ma'ruzasi matni asosida tayyorlangan.

Tadbir doirasida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi hamda YeXHTning O'zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech