15 oktyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig'ilishi videoselektor tarzida bo'lib o'tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
15 oktyabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig'ilishi videoselektor tarzida bo'lib o'tdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yig'ilishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ekspert guruhining ijobiy xulosalariga muvofiq «Siyosiy partiyalarga O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida qatnashishiga ijozat berish to'g'risida» qaror qabul qilindi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala ham qizg'in muhokamalar asosida o'tdi, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga doir xarajatlar smetasi tasdiqlandi. Unga ko'ra siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag'larining bir nomzod hisobiga to'g'ri keladigan miqdori quyidagicha belgilangan:
• O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun — 10 832 000 (o'n million sakkiz yuz o'ttiz ikki ming) so'm;
• Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun — 2 000 000 (ikki million) so'm;
• Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun — 1 000 000 (bir million) so'm.
«Oldingi saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun mablag' ajratilmagan. Bu yilgi "Yangi O'zbekiston. Yangi saylovlar" shiori ostida yuqori saviyada tashkil etilgan saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ham byudjet mablag'larining ajratilishi, nafaqat Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, balki, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatligiga ham saylovlar jarayoni, nomzodlar o'rtasidagi debatlar, siyosiy partiyalararo sog'lom raqobat va har bir deputatlik o'rni uchun kurash qizg'in kechishidan dalolatdir», — deyiladi xabarda.
Manba: daryo.uz
- Qo'shildi: 16.10.2019
- Ko'rishlar: 5629
- Chop etish