Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) jamoatchilik tomonidan izchil muhokama qilinayotgan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi loyihasida O'zbekiston Respublikasining BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga saylanishini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.
Ma'lumki, BMT Bosh Assambleyasining 60/251-Rezolyutsiyasiga muvofiq, O'zbekiston 2021-2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga nomzod sifatida muayyan ixtiyoriy majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan. Bu haqdagi batafsil ma'lumotni “Fuqarolik jamiyati” jurnalining 2019 yil 4-sonida o'qishingiz mumkin.
Ushbu davriy nashrda mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakilining 2019 yil 30 sentyabrdagi xatiga ilova qilingan ayni mavzuga doir rasmiy ma'lumot o'zbek va ingliz tillarida e'lon qilingan.
Jurnal sahifalaridagi boshqa bir qator maqolalarda ham inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash xususida so'z boradi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 08.02.2020
- Ko'rishlar: 4659
- Chop etish