Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi loyihasi 2020 yil 28 fevral kuni tashkil etilgan milliy maslahatlashuvlarda muhokama qilindi.
Loyiha bo'yicha BMTning O'zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori hamda BMTning Agentliklari, BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy bo'limi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi o'z taklif-mulohazalarini taqdim qildi.
Shuningdek, loyiha bo'yicha fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari, diplomatik korpus vakillari o'z takliflarini bildirishdi.
Loyiha mazkur taklif-mulohazalarni inobatga olgan holda qayta ishlab chiqildi.
Loyiha yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun qayta e'lon qilinmoqda.
Taklif va mulohalaringizni kutib qolamiz.
Elektron manzil: info@nhrc.uz
- Qo'shildi: 23.03.2020
- Ko'rishlar: 4533
- Chop etish