Samarqandda har ikki yilda bir marta inson huquqlari bo'yicha xalqaro forum o'tkaziladi

Hukumat qarori bilan (641-son, 09.10.2020 y.) Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumi kontseptsiyasi hamda mazkur forumni o'tkazish reglamenti tasdiqlandi.

Inson huquqlari bo'yicha Samarqand forumi (Samarqand forumi)ning asosiy maqsadi inson huquqlari sohasida xalqaro tajriba almashish orqali mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rish, sohada O'zbekistonning ijobiy xalqaro imijini yanada yaxshilashdan iborat.

Samarqand forumi har ikki yilda yilning oktyabr`-noyabr` oylarida yoki forumni o'tkazish bo'yicha Tashkiliy qo'mita taklifiga asosan boshqa vaqtlarda ham o'tkazilishi mumkin.

Samarqand forumining ishchi organi Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi hisoblanadi.

Forumda BMTning tarkibiy tuzilmalari, inson huquqlari bo'yicha xalqaro va mintaqaviy takshilotlar, milliy institutlar, parlamentlar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati instituti vakillari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, olimlar, soha mutaxassislari, jurnalistlar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Manba: Qonunchilikdagi yangiliklar

Powered by GSpeech