Qonunchilikka ko'ra, voyaga yetmaganlar sog'liqni saqlash borasida quyidagi huquqlarga ega:
belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida bo'lish hamda bolalar va o'smirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;
sanitariya-gigiena ta'limi olish, o'qish hamda o'zlarining fiziologik xususiyatlari va sog'lig'iga mos sharoitlarda mehnat qilish;
kasbga yaroqliligini aniqlash chog'ida byudjet mablag'lari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish;
sog'liqlari to'g'risida o'zlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish.
“Huquqiy axborot” kanali qayd etganidek, 14 yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar ma'lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot markazi
- Qo'shildi: 22.02.2020
- Ko'rishlar: 5064
- Chop etish