O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati rahbar xodimlari 2 dekabr` kuni o'tkazilgan “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarining
navbatdagi tinglovchilari bo'ldi.
Mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.
Maxsus o'quv moduli tinglovchilariga O'zbekiston Respublikasida fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish qonunchiligi bilan bu boradagi inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning o'zaro uyg'unligi qiyosiy tahlil qilib berildi.
Xalqaro ekspertlar ishtirokida o'tkazilgan o'quv moduli mashg'ulotlaridan ko'zlangan maqsad tinglovchilarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar mazmun-mohiyati va ularning mamlakat milliy huquqiy tizimi uchun ahamiyatiga doir bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 03.12.2020
- Ko'rishlar: 3635
- Chop etish