Milliy gvardiya markaziy apparati rahbarlari uchun vebinar

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy apparati rahbarlari 25 noyabrdagi “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarining tinglovchilari bo'ldi. O'quv moduli xalqaro ekspertlar ishtirokida o'tkazildi.

Mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsad tinglovchilarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar mazmun-mohiyati va ularning mamlakat milliy huquqiy tizimi uchun ahamiyatiga doir bilimlarini chuqurlashtirishdan iboratdir.

Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yil 22 iyundagi Farmoni bilan qabul qilingan Inson huquqlari bo'yicha  O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida fuqarosizlik holatlariga barham berish yo'nalishida aniq vazifalar belgilangan. Bugungi kunda O'zbekistonning bu boradagi dadil qadamlai ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarida O'zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, migrantlar, odam savdosi va majburiy mehnat jabrdiydalarining huquqlarini himoya qilish qonunchiligi bilan bu boradagi inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning o'zaro uyg'unligi qiyosiy tahlil  qilindi.

Mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va BMT Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikda hamda Toshkent davlat yuridik universiteti ko'magida tashkil etildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech