18 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi boshqarma va bo'limlar rahbar shaxslari uchun vebinar o'tkazildi. Ushbu mashg'ulotlar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan mamlakatimiz sudlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbar xodimlari uchun tashkil etilayotgan “Inson qadr-qimmati – eng oliy qadriyat” maxsus o'quv moduli mashg'ulotlarining davomi hisoblanadi.
BMTning Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan mashg'ulotlarda odam savdosi jabrdiydalarining huquqlarini himoya qilish qonunchiligi bilan bu boradagi inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarning o'zaro uyg'unligi qiyosiy tahlil qilindi.
Maxsus o'quv moduli tinglovchilari tomonidan ichki ishlar organlari tizimida inson huquqlari bo'yicha ta'lim muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Ayniqsa Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining vazirlik Akademiyasi tarkibida "Inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti" kafedrasini qayta tiklash to'g'risidagi qarori qizg'in ma'qullandi.
Mashug'lotlar yakunida odam savdosi bilan bog'liq jinoyat ishlarini tergov qilishning o'ziga xos jihatlari tahliliga bag'ishlangan to'plam taqdimoti bo'lib o'tdi. Qo'llanmani davlat tiliga tarjima qilish maqsadga muvofiq ekaniga e'tibor qaratildi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 21.12.2020
- Ko'rishlar: 3667
- Chop etish