19 aprel kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov F.Ebert nomidagi fondning Qozog'iston va O'zbekistondagi mintaqaviy direktori Kristof Moor bilan uchrashdi.
Muloqot asnosida A. Saidov O'zbekiston bilan Germaniya o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik turli sohalarda, shu jumladan, inson huquqlari sohasida ham faollashib borayotganini ta'kidladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasi Yuqori darajadagi segmentida ilgari surgan tashabbuslari haqida alohida so'z yuritildi. O'zbekiston tomoni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosiga doir amaliy ishlar to'g'risida ham ma'lumot berdi.
F.Ebert nomidagi fondning mintaqaviy direktori K.Moor bugungi kunda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqi bilan tanishib, katta qoniqish hosil qilganini alohida ta'kidladi. Shu munosabat bilan K.Moor mazkur tashabbuslarni ro'yobga chiqarish yo'lida o'zaro hamkorlikka tayyorligini ma'lum qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, shuningdek Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining 25 yilligini nishonlash doirasida o'tkaziladigan tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 20.04.2021
- Ko'rishlar: 3400
- Chop etish