Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi bilan uchrashuv

15 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direkktori Akmal Saidov Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Zeynal Gadjiev bilan uchrashdi.  

O'zaro muloqotda O'zbekistonda aholi bandligini ta'minlash, munosib ish joylari va mehnat sharoitlarini yaratish, tashqi migratsiya borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Xususan, fuqarolarimizni chet davlatlarda huquqlari va manfaatlari, munosib ish bilan ta'minlanishi, odam savdosi qurbonlarini yurtimizga qaytarish masalalari, noqonuniy migratsiya va boshqa yo'nalishlardagi ishlarning olib borilishi to'g'risida so'z yuritildi.

Z. Gadjiev so'nggi yillarda mamlakatda chet elda faoliyat olib borayotgan mehnat muhojirlarining huquqlarini himoya qilish va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yangi yo'nalishlarni qamrab olgan holda hamkorlik ko'lamini kengaytirish imkoniyatlariga urg'u berildi, deyiladi senat.uz sayti xabarida.

Samarali muloqotlar natijasida tomonlar xalqaro hamkorlik bo'yicha belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha aloqalarni yanada faollashtirish, XMT va O'zbekistonning tegishli idoralari o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishishdi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech