2 dekabr kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov shu mavzuda tashkil etilgan ekspertlar uchrashuvida ishtirok etdi.
Tadbirdan maqsad – BMT Xavfsizlik kengashining 2000 yildagi 1325-son rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan YEXHT mintaqasida ayollar, dunyo va xavfsizlik sohasidagi kun tartibini amalga oshirish bo'yicha tadqiqotlar natijalarini muhokama qilishdan iborat bo'ldi. Shuningdek, bu yo'nalishdagi milliy harakatlar rejalarini qabul qilish va uyg'unlashtirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.
2020 yilda BMT Xavfsizlik kengashining 1325-son rezolyutsiyasi qabul qilinganiga 20 yil to'ldi. Ayollar, dunyo va xavfsizlik sohasiga doir ushbu rezolyutsiya 2000 yilning oktyabrida BMT Xavfsizlik kengashida bir ovozdan qabul qilingan.
Bu BMT Xavfsizlik kengashining qurolli mojarolar xotin-qizlarga ko'rsatadigan yomon oqibatlar va tinchlik o'rnatish jarayonlarida ayollar ishtiroki muhimligi e'tirof etilgan birinchi rezolyutsiyasi hisoblanadi. Ushbu hujjatning alohida ahamiyati shuki, unda nizolarning oldini olish, ularga barham berish va tinchlik o'rnatish jarayonlarida ayollarning ishtirosiz kutilganidek mustahkam tinchlikka erishish bo'lmasligi ta'kidlangan.
Mazkur dasturilamal rezolyutsiya ayollarning gender masalalari bo'yicha faolligini kuchaytirish bilan bir qatorda, xotin-qizlarni tinchlik va xavfsizlik sohasidagi barcha tashabbuslarda to'liq hamda teng asoslarda ishtirok etishga chorlaydi.
Ekspertlarning o'zaro muloqotlari asnosida BMT Xavfsizlik kengashining 2000 yildagi 1325-son rezolyutsiyasini amalga oshirish uchun milliy harakat rejalarini ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, bu boradagi milliy harakat rejalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Davra suhbati YEXHT mintaqasida ayollar, dunyo va xavfsizlik sohasidagi kun tartibi bo'yicha YEXHT doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini atroflicha muhokama qilish borasida ushbu tashkilotga a'zo davlatlar vakillari hamda fuqarolik jamiyati institutlari faollari uchun qulay muloqot maydoniga aylandi.
Ishtirokchilar mavjud milliy harakat rejalarining murakkab jihatlarini o'zaro hamjihatlikda hal etish va bu rejalarni amalga oshirishning hamkorlikdagi yo'llarini topish yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Bunda ayollar, dunyo va xavfsizlik sohasidagi milliy harakat rejalarini har qaysi mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda va jadal sur'atlarda amalga oshirishga doir tajriba, bilim hamda ko'nikmalar almashinuviga alohida e'tibor qaratildi.
Munozaralar davomida ayollar, dunyo va xavfsizlik sohasidagi milliy harakat rejalarini amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning hissasi qanday bo'lishi kerak, degan mavzu ham diqqat markazida bo'ldi.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 03.12.2020
- Ko'rishlar: 3926
- Chop etish