Zangiota tumanida “Saylov qonunchiligi targ'iboti oyligi” doirasida Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, yuridik fanlar doktori, akademik Akmal Saidov bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda fuqarolik jamiyati institutlari faollari va mahallalar vakillari qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda shu yil 22 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo'lib o'tadigan saylov jarayoniga tayyorgarlik ishlarining borishi, siyosiy partiyalarning ushbu saylovlarda faol ishtiroki haqida so'z yuritdilar, deb xabar berdi @Zangiotatumanihokimligi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik saylovlar o'tkazish tom ma'noda muhim ijtimoiy-siyosiy an'anaga aylandi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «Saylov jarayonlarida barchamizning avvalo dunyoqarashimiz, siyosiy va huquqiy madaniyatimiz, grajdanlik pozitsiyamiz yana bir bor namoyon bo'ladi».
- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik, xolislik kabi demokratik printsiplarni o'zida aks ettirib, dolzarb mazmun-mohiyat va ulkan huquqiy, ijtimoiy hamda siyosiy ahamiyat kasb etadi, - dedi A.Saidov.
- Ushbu Kodeksning qabul qilinishi mamlakatimizda saylov jarayonlari yanada oshkoralik ruhida o'tishini ta'minlaydigan yangi, ilg'or amaliyotni joriy etishning huquqiy kafolati bo'ldi.
Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida shunday muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 05.11.2019
- Ko'rishlar: 5443
- Chop etish