Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo'yicha milliy markaz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari va INGO Penal Reform International idorasi bilan birgalikkda ''O'zbekistonda milliy preventiv mexanizmni xalqaro standartlarga asosida rivojlantirish istiqbollari'' mavzusidagi Xalqaro konferentsiyani tashkilashtirdi.

Tadbirda yetmishdan ziyod xalqaro, mintaqaviy va milliy ishtirokchilar yig'ilib, ular jazoni ijro etish muassasalarida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirish mexanizmini, jazo o'tayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati vakillarining rolini muhokama qildilar.

YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori v. b., Janov Hans-Ullrich Ihm o'zining kirish nutqida, YXHT hukumat idoralari va nodavlat notijorat tashkilotlariga huquqiy asos va Milliy preventiv mexanizmi tizimi faoliyatni yaxshilashda ekspert va texnik ko'mak berishga tayyorligini ta'kidladi. Ushbu Konferentsiya, Italiya va Norvegiya hukumatlari tomonidan moliyalashtiriladigan "Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmini yaratishga ko'maklashish" loyihasi doirasida tashkil etildi. 

Manba:  OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan

Nashr sanasi 08.10.2021 Ko'rishlar 8 533
Ulashish