Mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Brayl alifbosida chop etildi. Bu ezgu ish Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va “Barqaror rivojlanish markazi” tomonidan amalga oshirildi.
Yangilanayotgan Konstitutsiya matnidagi normalarning yarmidan ko‘pi insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Jumladan, loyihaning 57-moddasiga muvofiq, mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.
Konstitutsiya loyihasining 115-moddasida Vazirlar Mahkamasi aholini, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashi zarurligi belgilangan.
Shuni ham qayd etish joizki, Milliy markaz tashabbusi bilan ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun 2020 yilda Brayl alifbosida nashr etilgan.
O‘z navbatida, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Brayl alifbosidagi nashri nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Bu mening Konstitutsiyam Telegram kanali
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati
- Qo'shildi: 04.04.2023
- Ko'rishlar: 5169
- Chop etish