MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi PQ-46-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi yuzasidan

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi PQ-46-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan 2023 yil 31 iyul holatidagi monitoring natijalariga ko‘ra quyidagilar ma’lum qilinadi:

“Yo‘l xaritasi” 7 ta yo‘nalish, 30 ta banddan iborat bo‘lib, shundan 2 ta bandi bajarilgan,  28 ta band bajarilmoqda. Jumladan:

Yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirish yo‘nalishida 1 ta (1-band), Davlat organlari xodimlarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishida 1 ta (9-band) band muddatida bajarilgan. Xususan:

  1. Joriy yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tomonidan “Inson huquqlari haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha dastur tasdiqlandi. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 20-28 fevral kunlari “Inson huquqlari haftaligi”ni tashkil etdi.

20 fevral kuni Milliy markazda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida videokonferensiya tashkil etilib, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ochib berdi. Videokonferensiyada 2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 2022 yil dekabrida yakunlangan “Inson huquqlari sohasida ta’lim va tadqiqotlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi hamda “Tong yulduzi”, “Klass” gazetalari tahririyatlari bilan hamkorlikda “Inson huquqlari bolalar nigohida” Respublika tanloviga start berildi. “Inson huquqlari bolalar nigohida” Respublika tanlovi 2023 yil 10 dekabr kuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati Milliy markaz, “Tong yulduzi” va “”Klass!” gazetalari tahririyatlari bilan hamkorlikda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Tanlov 4 ta nominatsiya: “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi she’r”,“Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi videorolik” nominatsiyalari bo‘yicha 2 bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida yakunlandi.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab yoshlar o‘rtasida #Inson_huquqlari_oliy_qadriyat xeshtegi tashkil etildi va hududlardagi rasmiy kanallarda targ‘ibot sifatida yoritib borildi, 4 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizning tuman, shahar va mahallalarida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida “Prokuror va yoshlar”, “Sudya va yoshlar”, “Adliya rahbari va yoshlar”, “IIB rahbari va yoshlar”, “DXX rahbari va yoshlar” kabi turli uchrashuvlar tashkil etildi. Respublika bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlarda 8 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida “Axborot soati” va “Ma’naviyat soati” tashkil etilib, ofitserlar, serjantlar va kursantlar, talabalar, muddatli harbiy xizmatchilar, jami 500 nafardan ortiq universitet shaxsiy tarkibi jalb qilindi. Shuningdek, ushbu mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Markaziy devoni, o‘quv markazlari va harbiy qismlari va boshqa bo‘linmalarining jami 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

23 fevral kuni Toshkent shahrida “Parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va aholining xabardorligini oshirishdagi o‘rni” mavzusida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini va aholining bu boradagi xabardorligini oshirish, jamiyatda inson huquqlari va barqaror rivojlanish madaniyatini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati onlayn va oflayn shaklda bo‘lib o‘tdi.

23 fevral kuni Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” majmuasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutiga asos solinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyasi borasida o‘zaro hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

27 fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan "Inson huquqlari bilimdoni" viktorinasi o‘tkazildi.

  1. Milliy ta’lim dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini o‘tkazish grafigi, o‘quv kurslari dasturi va moduli ishlab chiqildi. Milliy markaz, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023 yil 1 mart kuni 2023 yil davomida o‘quv kurslarini o‘tkazish rejasi tasdiqlandi.

Rejaga muvofiq joriy yilda Farg‘ona (22-23 fevral), Buxoro (29-30 mart), Toshkent (18-19 aprel), Surxondaryo (17-18 may),  Andijon (20-21 iyun), Namangan (22-23 iyun), Jizzax (25-26 iyul), Sirdaryo (27-28 iyul) viloyatlarida tasdiqlangan reja grafik asosida, milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba”  mavzusida onlayn va oflayn formatda o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kurslarida har bir hududdan ichki ishlar (50 nafar) va prokuratura (10 nafar) tizimidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalarining jami 470 nafar xodimlari ishtirok etdi.

Har bir hududda o‘quv kurslari tasdiqlangan dastur hamda ekspertlar tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan taqdimotlar, keyslar, tarqatma materiallar  asosida tashkil etildi.  O‘quv kursi yakunida test sinovlari o‘tkazilib, test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinlovchilarga Milliy markazning sertifikati taqdim etildi. Mazkur o‘quv kursida amalga oshirilgan ishlar, dars jarayonlari va boshqa tashkiliy tadbirlar tafsilotlari ommaviy axborot vositalari orqali yoritildi. O‘quv kursi belgilangan jadval asosida mamlakatimizning boshqa hududlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2023 yil 19-21 iyun kunlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, 23 iyun kuni Buxoro shahrida “Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari va jazoni ijro etish muassasalarida qiynoqlar, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini  oldini olish” mavzusidagi treninglar o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etgan Toshkent shahri va poytaxt, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlaridagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlaridan  iborat tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

  1. “Yo‘l xaritasi”ning 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida “Konstitutsiya va inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar” yo‘nalishi tashkil etildi hamda Milliy markaz tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlardagi axborot-kutubxona markazlariga jami 1600 nusxadagi inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar taqdim etildi.
  2. “Yo‘l xaritasi”ning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy markaz tomonidan inson huquqlari bo‘yicha quyidagi xalqaro shartnomalar to‘plamlar chop etildi:

1) Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami / Mas’ul muharrir: A.X.Saidov. – T.: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi,  2023.– 204 b.

2) Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. – T.: “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, 2023. – 32 b.

3) Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. – T.: “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi, 2023. – 32 b.

4) Insan huqыqlarы dynya juzlik deklaratsiyasы. – Tashkent. “Adolat” milliy huqыqыy malileme orayы, 2023. – 32 b.

5) Insan huqıqları dúnya júzlik deklaraciyası. – Tashkent. «Adolat» milliy huqıqıy málimleme orayı, 2023. – 32 b.

6) Vseobщaya deklaratsiya prav cheloveka. – Tashkent: Natsionalnыy informatsionnыy sentr «Adolat», 2023. – 32 s.

7) Bolalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami / Mas’ul muharrir A.X. Saidov. – T.: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi,  2023 y. 550-b.

8) Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʼyicha xalqaro shartnomalari to‘plami / Mas’ul muharrir: A.X. Saidov. – T.: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi,  2023. – 195-b.

  1. “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Parlament komissiyasining 2023 yil 11 maydagi 29-sonli qaroriga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Aholining huquqiy ongi va muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusida Davlat granti ajratish uchun 3-tanlovini e’lon qildi.
  2. “Yo‘l xaritasi”ning 28-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida inson huquqlari sohasida ta’lim olish bo‘yicha ecourse.nhrc.uz elektron platformasi ishga tushirildi.
Powered by GSpeech