BRYUSSEL, 11-oktabr. /"Dunyo" AA/. Belgiyadagi Yevropa geosiyosiy forumi ("The European Geopolitical Forum") portalida "Yangi O'zbekiston: demokratik islohotlar va parlament saylovi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o'rinbosari, Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi direktori Akmal Saidov qalamiga mansub mazkur maqolada yozilishicha, saylovlar demokratiya yo'lidagi eng muhim mezonlardan biridir. Muallif, shuningdek, 2023-yilda bo'lib o'tgan muddatidan ilgari O'zbekiston Prezident saylovi jamiyatning siyosiy yetukligini, Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlaganini yana bir bor namoyon etdi.

 

Maqolada qayd etilganidek, navbatdagi bosqich yangilangan Konstitutsiya asosida katta vakolatlarga ega bo'lgan parlamentga saylovlardir. Konstitutsiyaga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovini 27-oktabrda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi.

 

Muallif ta'kidiga ko'ra, bo'lajak saylovlar O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitda o'tayotgani alohida ahamiyatga ega.

 

"So'nggi yillarda O'zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilish maqsadida parlament va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, saylov va referendumlarni o'tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi",– deyilgan nashrda

 

"Bo'lajak saylovlar O'zbekistonda demokratik davlatchilik namunasidir, ular fuqarolarning saylash va saylanish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishda, davlat organlarini milliy qonunchilikka va xalqaro saylov standartlariga to'la rioya qilgan holda shakllantirishda ishtirok etishda muhim ahamiyatga ega", – deb yozilgan.

Powered by GSpeech