Tanlovning “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi infografika” nominatsiyasida 1-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali xodimi Eʼzoza Sobirova va 3-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Sunnat Hakimov qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik” nominatsiyasida TDYU talabasi Munisa Rayimova 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi maqola” nominatsiyasida TDYU katta o‘qituvchisi Miryoqub Rahimov 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, inson huquqlariga rioya qilish va himoya qilish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtiroki hamda fidokorona mehnati uchun Toshkent davlat yuridik universiteti professori Govxerjon Yuldasheva tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, TDYU talabasi Dilnoza Yarashova rag‘batlantiruvchi mukofot sohibasiga aylandi.
Tanlov g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
- Qo'shildi: 22.12.2021
- Ko'rishlar: 4622
- Chop etish