O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 4-mart kuni “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihon” o‘tkazildi.
Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazining tayanch doktoranti Xudayberdiyeva Shohista imtihonning 1-bosqichida respublika bo’yicha test natijalariga asosan, savollarni eng ko‘p va eng tez bajarib shuningdek, ijodiy savolga javob berib 50 nafar ishtirokchilar orasidan 3-o’rinni egalladi va final bosqichida ishtirok etishga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Final bosqichi qizg‘in savol-javob, suhbat shaklida o‘tkazilib barcha ishtirokchilar o‘zlarining tirishqoq, faol va bilimdon ekanliklarini namoyon qilib, suhbat natijalariga ko’ra Markazimiz tayanch doktoranti 2-o‘rinni egalladi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Shoxista Xudayberdiyevani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 09.03.2022
- Ko'rishlar: 4698
- Chop etish