O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullaev BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Renata Vinterga "Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi. Avstriyalik ekspert ushbu mukofotga “Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha munosib topildi.
Rasmiy taqdirlash marosimi 2021 yil dekabr oyida “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” xalqaro konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgandi. Gibrid shaklidagi anjuman Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YeXHT va BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan.
Konferensiyada Milliy markaz direktori akademik Akmal Saidov Renata Vinterni “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Tadbirda ta’kidlanganidek, Renata Vinter O‘zbekistonning uzoq yillar davomida mamlakatimizda bolalar mehnatiga barham berish, bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, Renata Vinter bolalar huquqi va balog‘atga yetmaganlarga oid adliya tizimi bo‘yicha xalqarpo miqyosda taniqli ekspert hisoblanadi. Shuningdek, u Serra-Leone Maxsus sudining sudyasi hamdir.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 08.04.2022
- Ko'rishlar: 4867
- Chop etish