Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Akademik Akmal Saidov bilan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi va yuridik ta’lim” mavzusida uchrashuv tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari,  Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, akademik, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov bilan uchrashuv o‘tkaziladi.

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi va yuridik ta’lim” mavzusida o‘tkazilayotgan uchrashuv erkin suhbat tarzida tashkil etiladi va 23-aprel 09:30 da universitet katta majlislar zalida boshlanadi.

Uchrashuvda barcha talaba va professor-o`qituvchilar ishtirok etishi mumkin.

Tadbirda ishtirok etishni istaganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim: https://forms.gle/YuRAgCz6cnDnJBi1A

Manba: Toshkent davlat yuridik universiteti

Nashr sanasi 21.04.2022 Ko'rishlar 8 449
Ulashish