Inson huquqlari sohasida ta’lim: O‘zbekiston va Turkiya tajribasi

2022 yil 7 iyun kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida shu  mavzuda xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat o‘rtasida inson huquqlari ta’limi sohasida o‘zaro tajriba almashishga bag‘ishlangan ushbu tadbir Turkiyaning Inson huquqlari va tenglik instituti raisi Muharrem Qilich boshchiligidagi Turkiya Respublikasi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va Turkiyaning Inson huquqlari va tenglik instituti raisi Muharrem Qilich davra suhbati ishtirokchilarini qutladilar.

Turkiyaning Inson huquqlari va tenglik instituti Kengashi a’zosi Xarun Mertoglu “Parij prinsiplari doirasidagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar jumladan, Turkiyaning Inson huquqlari milliy dasturi ijrosi haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston tomonidan - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatilla Tillaboev, Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muzaffar Mamasiddiqov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Gavhar Yuldosheva davra suhbatida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi ta’lim milliy dasturi ishlab chiqilayotgani, prokuratura va oliy ta’lim tizimlarida inson huquqlari ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtaldilar.

 Shuningdek, tadbir davomida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Turkiyaning Inson huquqlari va tenglik instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ombudsmanlar, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura Akademiyalari, Xalqaro islom akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari qatnashdi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

UZDAILY

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Darakchi.uz

O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti

Powered by GSpeech