Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan «Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo'lida yoshlar huquqlarini rag'batlantirish va himoya qilishning ahamiyati» nomli kitob nashr etildi. O'zbek va ingliz tillarida chop etilgan ushbu nashrdan 2019 yil 7-8 oktyabr` kunlari Toshkent shahrida bo'litb o'tgan Islom hamkorlik tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha mustaqil doimiy komissiyasi Yillik 6-seminari ishtirokchilarining ma'ruzalari va taqdimotlari o'rin olgan.
To'plamda seminarning yakuniy hujjati – Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo mamlakatlarda yoshlar huquqlari to'g'risidagi Toshkent deklaratsiyasi matni taqdim etilgan. Shuningdek, xalqaro anjuman kontseptsiyasi, dasturi, matbuot xabarnomasi va rangli fotosuratlar berilgan.
Yangi nashrga akademik Akmal Saidov mas'ul muharrirlik qilgan. To'plamni tayyorlashda Markazning M.Tillaboev, D.Murotova, E.Ernazarov, G'.Mirzaev, A.Ramazonov, R.Arslanova kabi mutaxassislardan iborat tarjimon va muharrirlar guruhi ishtirok etgan.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 23.11.2019
- Ko'rishlar: 5061
- Chop etish