O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini ximoya kilish jamiyatlari federatsiyasi, Xalqaro iste'molchilar Konfederatsiyasi xamda “Yuksalish” umummilliy xarakati tashabbusi bilan Xalqaro iste'molchilar tashkiloti (Consumers International) xamkorligida 2020 yilning 15-18 yanvar kunlari Respublikamizning Toshkent va Samarxand shaxarlarida “Birinchi Yevropa va Osiyo mamalakatlari iste'molchilari Forumi” bulib o'tmoqda.
Xalqaro Forumdan ko'zlangan asosiy maqsad - iste'molchilar huquqlarini ximoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli institutlari martabali vakillari, davlat va jamoat arboblari, yetakchi ekspertlar ishtirokida iste'molchilar huquqlarini ximoya xilishning dolzarb muammolari, yangicha tamoyillar, elektron tijorat va turizm soxalarida iste'molchi huquqlarini ximoya xilish masalalarini muxokama etish, globalizatsiya sharoitida soxaga doir xalqaro xamkorlik istixbollarini o'rganish, o'zaro tajriba almashish, qator muxim taklif va tashabbuslarni ilgari surishdan iborat.
Forum doirasida o'tadigan yalpi majlislarda “Turizm soxasida iste'molchilar xukuklarini ximoya kilish”, “Elektron tijorat va rakamli tovarlar savdosi soxasida iste'molchilar huquqlarini ximoya kilish”, “Barkaror iste'mol madaniyati” kabi mavzular muxokamalar markazida buladi.
Ushbu Forumning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha maslahat kengashi raisi, Inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov so'zga chiqdi.
Ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu forum mamlakatimizda iste'molchilar xukuklarini ximoya kilish tizimini yangi boskichga kutarish yulidagi dastlabki kadamdir!
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 15.01.2020
- Ko'rishlar: 5125
- Chop etish