2020 yilning 12-13 avgust kunlari o'tkaziladigan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumida yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng muhim jihatlari muhokama qilinadi. Shu munosabat bilan xalqaro anjuman
ishida 30 dan ortiq O'zbekiston yoshlar tashkilotlari vakillari mamlakatning barcha hududlaridan turib ishtirok etadi.
Jumladan, veb-forumda ishtirok etishga quyidagi yoshlar tashkilotlari vakillari ixtiyor bildirgan:
O'zbekiston yoshlar ittifoqi va uning hududiy bo'limlari;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti;
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti;
“Yuksalish” umummilliy harakati va uning hududiy bo'linmalari;
Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasi;
Yosh ijodkorlar kengashi;
O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi;
Imkoniyati cheklangan bolalar va
yoshlar markazi mas'uliyati cheklangan jamiyati;
O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi;
Yosh huquqshunoslar kengashi;
Respublika yoshlar markazi va boshqa tashkilotlar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 08.08.2020
- Ko'rishlar: 4448
- Chop etish