2020 yilda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlarni tavsiya etish boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 3 noyabrdagi qaroriga muvofiq, 2020 yilda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni bilan taqdirlash maqsadida nomzodlarni tavsiya etish tadbirlari boshlandi.

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni to'g'risidagi Nizomga asosan, fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari ko'krak nishoni bilan taqdirlash bo'yicha nomzodlarni tavsiya etadi.

Shu munosabat bilan 2020 yilda “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko'krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladigan nomzodlarning hujjatlarini elektron va asl nusxalarda 2020 yil 20 noyabrga qadar Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etish mumkin.

Nomzod bo'yicha takliflarga nomzod haqida ma'lumotnoma, so'nggi uch yil davomida uning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yo'nalishida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan
tavsifnoma ilova qilinishi kerak.

Nizom bilan http://www.lex.uz yoki http://www.insonhuquqlari.uz/ saytlari orqali tanishish mumkin.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech