2020 yilning 12-13 avgust kunlari o'tkaziladigan Samarqand veb-forumida yoshlar huquq va manfaatlarini ta'minlashning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Samarqand forumi dasturida quyidagi masalalarni ko'rib chiqish nazarda tutilgan:
yoshlar huquqlarini ta'minlash sohasida mavjud xalqaro hujjatlarning holati;
O'zbekiston Respublikasi tomonidan tashabbus qilinayotgan Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Xalqaro konventsiya loyihasining asosiy qoidalari;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlarning o'rni;
yoshlar huquqlarini ta'minlashdagi eng muhim muammolarni aniqlash;
inson huquqlari sohasida yoshlar ta'limi va savodxonlik darajasini oshirish;
xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashda yoshlarning roli.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 06.08.2020
- Ko'rishlar: 4444
- Chop etish