Yoshlar – barqaror rivojlanish, ijtimoiy o'zgarishlar, iqtisodiy o'sish va texnologogik yangiliklarning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
2021 yilning 12-13 avgust kunlari Toshkent shahrida “Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzuida yoshlar huquqlari bo'yicha jahon konferentsiyasi bo'lib o'tadi.
Butunjahon konferentsiyasini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad:
COVID-19 pandemiyasi sharoitida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini, shuningdek Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amaliyotga tatbiq etishda yoshlarning ishtirokini muhokama qilish;
yoshlar huquqlarini samarali himoya qilish hamda ularning fuqaroviy va siyosiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashish;
yoshlarning ta'lim olishi, ish bilan ta'minlanishi va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
yoshlar o'rtasida gender tengligini ta'minlash, yoshlarga oid xalqaro va milliy darajadagi faoliyatni kelgusida yanada rivojlantirish bo'yicha takliflarni shakllantirish;
yoshlar huquqlarini himoya qiluvchi mavjud xalqaro va mintaqaviy vosita va mexanizmlarni umumlashtirishdan iborat.
Jahon konferentsiyasida 15 ta xalqaro, 7 ta mintaqaviy, 11 ta xalqaro nodavlat tashkilot vakillari, shuningdek 15 ta xorijiy davlatning inson huquqlari bo'yicha milliy institutlari, 10 ta mamlakatning yoshlar ishlari bo'yicha parlamentlari va davlat organlari, 5 ta davlatning ta'lim va tadqiqot institutlari, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan 18 ta xorijiy mamlakatning diplomatik vakolatxonalari mutasaddilari qatnashishi kutilmoqda.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 10.08.2021
- Ko'rishlar: 3512
- Chop etish