Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

«Teng muomala qilish va kamsitmaslik to'g'risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan «Teng muomala qilish va kamsitmaslik to'g'risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.  Loyiha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi "Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “Yo'l xaritasi”ning 12-bandi ijrosi doirasida tayyorlandi.

Mazkur qonun loyihasi fuqarolarning irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qat'i nazar, jamiyat hayotining turli sohalarida kamsitilish holatlaridan to'liq himoya qilinishini ta'minlashga qaratilgan.

Loyihada «kamsitish», «to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita va ko'p marta kamsitish», «kamsitish belgilari» tushunchalarini qonunchilikka kiritish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha samarali mexanizmlar joriy etish nazarda tutildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 16.02.2021 Ko'rishlar 9 318
Ulashish