Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan uchrashuv to'g'risida

2021 yil 17 fevral kuni Inson xuquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidovning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC )rahbari A.Mittal bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

UNODCning Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari A. Mittal Markaz direktoriga COVID-19 pandemiyasi davrida amalga oshirilayotgan samarali hamkorlik va tashkil etilgan uchrashuv uchun o'zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, u so'nggi yillarda O'zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, odam savdosi qurbonlarini aniqlash va reabilitatsiya qilish mexanizmini xalqaro standartlarga muvofiq samaradorligini oshirish bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirishning asosiy yo'nalishlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv kun tartibidagi yana bir masala qiynoqlarga qarshi kurashish bo'yicha qonunchilikni yanada takomillashtirish, ichki ishlar idoralarining mahkumlarga nisbatan xalqaro standartlarga muvofiq salohiyatini oshirish bo'yicha hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini belgilashdan iborat bo'ldi.

Tomonlar nafaqat tegishli vakolatli organlar o'rtasida, balki mintaqaviy darajadagi samarali o'zaro aloqalarni amalga oshirish mexanizmlari muhimligini ta'kidladilar.

O'z navbatida, A. Mittal xonim uchrashuv davomida ko'rsatilgan barcha hamkorlik yo'nalishlari bo'yicha har tomonlama hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi

Nashr sanasi 18.02.2021 Ko'rishlar 8 027
Ulashish