Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Inson huquqlari bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti ochildi

Oldin xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiyaga muvofiq, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida 12.0013 – “Inson huquqlari (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari)” ixtisoslik shifri bo'yicha Ilmiy kengash tuzilib, mazkur ixtisoslik bo'yicha malakaviy imtihon dasturi hamda imtihon komissiyasi tarkibi ham tasdiqlangan.

Inson huquqlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek ushbu yo'nalishda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish yo'lida yana bir muhim qadam qo'yildi. Ya'ni, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida 12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta'limotlar tarixi”, 12.00.10 – “Xalqaro huquq” hamda 12.00.13 – “Inson huquqlari” (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari) ixtisosliklari bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim (mustaqil tadqiqotchi) instituti ochildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Nashr sanasi 25.03.2021 Ko'rishlar 8 349
Ulashish