Joriy yilning 16 dekabr kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YEXHTning O'zbekistondagi Loyihalari koordinatori hamda BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Istanbul protokoliga muvofiq qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoni samarali tergov qilish va hujjatlashtirish» mavzusida jazoni ijro etish muassasalarining tibbiyot xodimlari uchun treningning navbatdagi uchinchi kunini o'tkazdi.
Trening kun tartibiga dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tkazish, qamoqxonalarda qiynoqqa solinishi mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash, shuningdek qamoq joylarida hujjatlarni rasmiylashtirishni takomillashtirish masalalari kiritilgan.
Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi JIEBB vakillari, tibbiyot xodimlari va Inson huquqlari bo'yicha Milliy markaz xodimlari Nelson Mandela qoidalariga binoan qamoqxonalar va ichki ishlar vazirligining hududiy bo'limlarida dastlabki tibbiy tekshirish jarayonlarini, ushbu tekshirishni takomillashtirish yo'llari, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar va axloqiy masalalarni hamda qiynoqlarning yashirin shakllari aniqlangandan keyin hujjatlashtirish va hisobot berish, qamoqxonalarda qiynoqqa solish bo'yicha samarali hujjatlashtirishni amalga oshirish uchun mavjud bo'lgan tarkibiy va amaliy to'siqlarni tahlil qilish.
O'z navbatida, xalqaro yekspertlar qiynoqlar to'g'risidagi tibbiy yozuvlardan foydalangan holda inson huquqlari bo'yicha sud ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, Istanbul protokoli standartlarining milliy amaliyotga tatbiq yetilishini nazorat qilish sohasida bir qator davlatlarning misollari bilan o'rtoqlashdilar.
Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari uch kunlik kurs yakunlarini sarhisob qildilar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida qiynoqlarning oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan amaliy chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar bildirdilar.
Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi
Xalqaro hamkorlik bo'limi
- Qo'shildi: 16.12.2020
- Ko'rishlar: 4235
- Chop etish