Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

TIVda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 14-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov  kecha BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Volker Turk O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jumladan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ijobiy baholadi.

 Oliy komissarga mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘nggi maʼlumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida inson huquqlari sohasida hamkorlikni yana-da faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari O‘zbekistonga uch kunlik tashrifi davomida qator vazirlik va idoralarda  hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

 Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA).

Nashr sanasi 14.03.2023 Ko'rishlar 7 052
Ulashish