Joriy yilning 1-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasida KOICAning davlat boshqaruvi va iqlim o‘zgarishi sohasida uchta yangi grant-yordam loyihalari bo‘yicha muhokama bayonnomalarini imzolash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbir Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jin Parkning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A'loyev Bahromjon, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xi San Kim, KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sunjin Park va boshqa yuqori darajadagi rasmiylar ishtirok etdi.
Bitimlarni ijrochi tashkilotlar vakillari – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev, Tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov va KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sunjin Park imzolashdi.
KOICA
- Qo'shildi: 02.06.2023
- Ko'rishlar: 4074
- Chop etish