«Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari» mavzusidagi xalqaro forumning uchinchi yalpi majlisida shu haqda so‘z bordi. Interfaol shaklda o‘tkazilgan ushbu sessiya doirasidagi muloqotga yosh ishtirokchilar keng jalb etildi.
Uchinchi yalpi majlisga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Yoshlar bo‘yicha mutaxassisi Darya KOSHELEVA (Jeneva) va BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmasi Milliy yoshlar dasturi muvofiqlashtiruvchisi Sabina AXMETJANOVA moderatorlik qildi.
Munozaralarda faol ishtirok etgan yoshlar Markaziy osiyo yoshlar forumi aynan BMT kuni arafasida o‘tkazilayotgani bejiz emasligiga e’tibor qaratdilar. Joriy yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi yana bir muhim xalqaro sana – Inson huquqlari bo‘yicha Vena butunjahon konferensiyasining 30 yilligi bilan hamohang nishonlanayotgani bejiz emas, chunki 1993 yili bo‘lib o‘tgan ushbu konferensiyada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasiga asos solingan.
Deklaratsiyaning 75 yilligi doirasida va inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq qizg‘in faoliyatning peshqadamlari bo‘lgan yoshlar o‘z huquqlarini amalga oshirish asnosida turli qiyinchiliklarga duch kelayotganini hisobga olgan holda, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi tomonidan Yoshlar huquqlari bo‘yicha maslahat guruhi ta’sis etilgan. Maslahat guruhining asosiy vazifasi inson huquqlarini ta’minlash faoliyatida izchil ishtirok etish, yoshlar siyosatiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish sohasidagi tashabbuslarni rag‘batlantirishdan iborat.
Shu ma’noda, Markaziy osiyo yoshlar forumining uchinchi yalpi majlisida yoshlarning turli guruhlari uchun inson huquqlari sohasidagi asosiy to‘siqlar va muammolarni tushunishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, milliy va mintaqaviy darajalarda inson huquqlarini himoya qilish va yoshlar inson huquqlari bo‘yicha kelgusi yillarda qanday o‘zgarishlar bo‘lishini tasavvur qilishlari va kelajakda inson huquqlarini mustahkamlash uchun qanday majburiyatni olganliklari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 23.10.2023
- Ko'rishlar: 3646
- Chop etish