Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘ZBEKISTON VA ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI: INSON HUQUQLARI SOHASIDAGI HAMKORLIK YUZASIDAN JAMOATCHILIK FIKRI O‘RGANILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) o‘rtasida inson huquqlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud dolzarb masalalarni hal etish hamda ilmiy-amaliy takliflarni baholash maqsadida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomaning maqsadi nima?

«O‘zbekiston Respublikasi va Islom hamkorlik tashkilotining inson huquqlari sohasidagi hamkorligining dolzarb masalalari» mavzusidagi ilmiy tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan takliflar yuzasidan jamoatchilik va soha ekspertlarining fikr-mulohazalarini o‘rganish.

 Ma’lumot uchun:

IHT — Islom hamkorlik tashkiloti bo‘lib, 57 davlatni birlashtiradi. O‘zbekiston 1996-yildan buyon ushbu tashkilotga a’zo.

IHMDK — IHTning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi bo‘lib, tashkilotning inson huquqlari sohasidagi ekspert organi hisoblanadi.

SIZNING FIKRINGIZ MUHIM!

Sizning ishtirokingiz inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflarni baholash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

 SO‘ROVNOMADA ISHTIROK ETISH:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSepWDIIgNsd4Uaib0Vz5FrG5xwbZXAhhxeCh_j4HGSSclg9XA/viewform?usp=publish-editor

 Faolligingiz va ilmiy tadqiqotga qo‘shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Nashr sanasi 03.11.2026 Ko'rishlar 212
Ulashish