Mamlakatimiz BMTga a’zo bo‘lganining 30 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida «Barqaror taraqqiyot yo‘lida halqaro hamkorlik: BMT va O‘zbekiston» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi onlayn va oflayn shaklda tashkil etildi.
Konferensiyada Bosh prokuratura Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat va huquq instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Andijon davlat universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Termiz davlat universiteti xodimlari va ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatilla Tillaboev va Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffarjon Mamasiddiqov konferensiyani kirish so‘zlari bilan ochdi.
Anjuman ishtirokchilari hozirgi kunning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruza qildi. Ma’ruzalar o‘zbek, qoraqalpoq, ingliz va rus tillarida yangradi.
O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan kundan e’tiboran ikki tomonlama manfaatli hamkorlik asosida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar samaralari to‘g‘risida atroflicha fikrlar bildirildi. Konferensiya yakunida mavzuga oid taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallarini to‘plam shaklida chop etish belgilandi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
- Qo'shildi: 30.03.2022
- Ko'rishlar: 4852
- Chop etish