Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi va huquqiy ta’lim” mavzusidagi uchrashuvda akademik Akmal Saidov ishtirok etdi

Toshkent davlat yuridik universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, akademik, yuridik fanlar doktori, professor Akmal Saidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi va huquqiy ta’lim” mavzusidagi tadbirdaTDYU professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida akademik Akmal Saidov talabalar bilan uchrashuvlar yaxshi an’anaga aylangani hamda bu o‘z faoliyatining ajralmas qismiga aylanganini alohida qayd etdi.

Shuningdek, qiyosiy huquqshunoslikni o‘rganish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, so‘ngi yillarda yozilgan asarlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida universitet tarixi, bugungi faoliyati, fuqarolarda huquqiy savodxonlik va madaniyatni rivojlantirishda yuridik ta’lim ahamiyati xususida fikr almashildi.

Shuningdek, TDYUni yuridik ta’lim va huquqiy fanlar metodologiyasini shakllantiradigan maskanga aylantirish kerakligi alohida qayd etildi.

 

Nashr sanasi 25.04.2022 Ko'rishlar 8 644
Ulashish