2022 yil 24 may kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan “Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirishda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning roli” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro seminar doirasida Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur Memorandum IHT IHMDK komissiyasi raisi Xadji Ali Achikgyul va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzatillo Tillabaev tomonidan imzolandi.
Tomonlar o‘rtasida mazkur Memorandum doirasida umumiy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zaro hamkorlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni muhokama qilish uchun muntazam ravishda maslahatlashuvlar o‘tkazish hamda, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi qo‘shma tadbirlar, dasturlar va loyihalarni muntazam ravishda tashkil etishga kelishildi.
Shuningdek, IHT IHMDK komissiyasi raisi Xadji Ali Achikgyul ushbu Memorandumni inson huquqlarini himoya qilish sohasida uzoq yillar hizmat qilishini, hamda birgalikda faoliyat yuritish uchun eng yaxshi mexanizm vazifasini bajarishini hamda IHTga a’zo davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlariga o‘rnak bo‘lishini komissiya a’zolariga va IHTga a’zo davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari vakillariga qarata ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir doirasida Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi va Saudiya Arabistoni Qirolligining Inson huquqlari bo‘yicha Komissiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandumini imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi
- Qo'shildi: 25.05.2022
- Ko'rishlar: 5069
- Chop etish