Indoneziya parlamenti Vakillar palatasining parlamentlararo hamkorlik qo'mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari Milliy markazi direktori Akmal Saidov joriy yilning 28 yanvar kuni bo'lib o'tgan Indoneziya parlamenti Vakillar palatasining parlamentlararo hamkorlik qo'mitasi delegatsiyasi bilan muzokaralar chog'ida inson huquqlarini himoya qilish sohasida har tomonlama va ko'p qirrali O'zbekiston-Indoneziya hamkorligini chuqurlashtirish va kengaytirish yo'llarini muhokama qildi.

Indoneziya tomoni O'zbekistonni Bmtning nufuzli xalqaro tashkiloti hisoblanmish - Bmtning Inson huquqlari bo'yicha Kengashi a'zoligiga qo'shilganligi bilan tabrikladi, bu O'zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosda e'tirof etilishi bo'ldi.

Uchrashuv davomida delegatsiya a'zolari uchrashuv tashkil etilgani uchun o'z minnatdorchiligini bildirib, O'zbekistonni BMT inson huquqlari Kengashiga 2021-2023-yillarga saylangani bilan tabrikladi.

Uchrashuv davomida tomonlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash, pandemiya davrida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda parlamentning roli to'g'risida fikr almashdilar.

Shu nuqtai nazardan Indoneziya tomoni O'zbekistonning BMT Bosh Assambleyasining barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta'minlashda parlament rolini oshirish bo'yicha maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish borasidagi tashabbuslarini ma'qulladi.

Indoneziya tomoni, ayniqsa, O'zbekiston xotin-qizlar va bolalar huquqlariga rioya yetish va himoya qilishni ta'minlash, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishini qo'llab-quvvatlash borasidagi tajribasiga o'z qiziqishini bildirdi.

Indoneziya tomoni samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va o'zlarning faoliyatlarii to'g'risida qisqacha ma'lumot berib o'tdilar. Parlamentlarining maqsadi qonun ustuvorligini himoya qilishga, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirishga ko'maklashish ekanligini ta'kidladilar. Shu nuqtai nazardan, Indoneziya parlamenti a'zolari inson huquqlari, parlamentarizmni rivojlantirish va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy va siyosiy qurilishdagi rolini oshirish sohasidagi qo'shma tadbirlarni amalga oshirishning yaxshi istiqbollariga e'tibor qaratdilar.

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidov ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta'kidlab, O'zbekiston va Indoneziya o'rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini birgalikda tahlil qilish uchun onlayn shaklda parlament a'zolari va inson huquqlari bo'yicha Milliy institutlar yig'ilishini o'tkazishni taklif qildi.

Inson huquqlari bo'yicha
O'zbekiston Respublikasi
Milliy markazi

Powered by GSpeech